OITS va OITV qarshi kurash

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI ODAMNING IMMUNITET TANQISLIGI VIRUSI BILAN KASALLANISHNING

(OIV KASALLIGINING) OLDINI OLISH TO‘G‘RISIDA

(0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999y., 9-son, 213-modda)

  • Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari

Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV

4

kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Agar 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoilaniladi.

  • Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonun da quyidagi asosiy tushunchalar qoilaniladi:

OIV kasalligi — odamning immunitet tanqisligi virusi oqibatida kelib chiqqan o‘ta xavfli yuqumli kasallik;

OIV kasalligini yuqtirganlar — odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan shaxslar;

OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, OIV kasalligining terminal (so‘nggi) bosqichi.

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘Imagan shaxslarning OITS/OIV kasalligi yuqqan- yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tish huquqi

0‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek 0‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ismi-sharifmi sir saqlagan holda, ixtiyoriy ravishda OITS/OIV kasalligi

yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida anonim tibbiy tekshiruvdan o‘tish huquqiga egadirlar.

OITS/OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy

»

tekshiruvdan o‘tkazish tartibi 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi va u e’lon qilinishi lozim.

  • OITS/OIV kasalligining oldini olish sohasidagi davlat ta’minoti

Davlat:

odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida aholining xabardor

S

qilinishini;

OITS/OIV kasalligining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash vositalari etkazib berilishini, shuningdek tashxis qo‘yish, davolash va ilmiy maqsadlarda qoilaniladigan tibbiy preparatlar, biologik suyuqliklar, organlar va to‘qimalarning xavfsiz boiishi ustidan nazorat qilinishini;

0‘zbekiston Respublikasi hududida OITS/OIV kasalligining tarqalishi ustidan epidemiologik nazorat o‘rnatilishini;

OITS/OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o‘tlcazish uchun shart-sharoit yaratilishini;

tibbiy tekshiruvdan o‘tishning xavfsiz, ism-sharif sir saqlangan holda va anonim tarzda bo‘lishini;

aholi tibbiy tekshiruvdan bepul o‘tkazilishini va OIV kasalligini yuqtirganlar va OITS ga chalingan bemorlar bepul davolanishini;

OITS/OIV kasalligini yuqtirganlarga ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatilishini, ular yangi ixtisosga o‘rgatilishini va ishga joylashtirilishini;

OIV kasalligi muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar rivojlantirilishini;

9*OIV kasalligi tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.

  • OITS/OIV kasalligining oldini olish bo‘yicha faoliyatni moliyalash

OITS/OIV kasalligining oldini olishga doir faoliyat davlat byudjeti mablag‘lari, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, boshqa manbalar hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

  • OITS/OIV kasalligini yuqtirganlarning aniqlanishi oqibatlari

0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida OITS/OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qon, biologik suyuqlik, organlar va to‘qimalaming donori bo‘la olmaydilar. OITS/OIV kasalligini yuqtirganlar tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari shart.

0‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarda OIV kasalligi aniqlangan taqdirda, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 0‘zbekiston Respublikasidan chiqarilib yuborilishlari mumkin.

  • Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirganlik uchun javobgarlik

0‘zida OITS/OIV kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qo‘yishi yoki uni yuqtirishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boTadi.

  • Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqqan shaxslarning sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash

Tibbiyot xodimlari va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasligi oqibatida odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqqan shaxslarning sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

  • OITS/OIV bilan kasallangan shaxslarning hamda ular oila a’zolarining huquqlari va ijtimoiy muhofazasi

„.«Odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligini yuqtirgan hamda OITS bilan kasallangan shaxslar o‘zlariga insoniy munosabatda bo‘linishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi va ijtimoiy ta’minlanish huquqiga egadirlar.

0‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar har oyda eng lcam oylik ish haqi miqdorida davlat nafaqasini olish va 0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nogiron bolalar uchun belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga egadirlar.

OIV kasalligini yuqtirgan yoki OITSga duchor bo‘lgan bolalaming ota- onasi (ularning o‘mini bosuvchi shaxslar) yosh bolalari bilan birga statsionarda bo‘lish hamda shu paytda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini olgan holda ishdan ozod bo‘lib turish huquqiga egadirlar.

  • OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor bo‘lgan bemorlar huquqlarining kafolatlari

OIV kasalligini yuqtirgan va OITS ga duchor boTgan bemorlarda OITS/OIV kasalligi mavjudligiga asoslanib, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, ularni ishga qabul qilishdan (0‘zbekiston Respublikasi Sogiiqni saqlash vazirligi belgilagan ro‘yxatdagi ayrim kasbiy faoliyat turlari bundan mustasno), ta’lim muassasalariga hamda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarga qabul qilishdan bosh tortish, hamda ularning boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining turar joy huquqlari, boshqa huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash taqiqlanadi.

  • 0‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yuqishi xavfi ostida bo‘lgan tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish

OITS/OIV kasalligiga duchor bo‘lgan bemorlarni davolash-tashxis qo‘yish va profilaktika ishlarida, ularga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan, OITS/OIV o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi tadbirlami ta’minlaydigan shaxslarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

Tibbiyot xodimlari hamda sogTiqni saqlashning boshqa xodimlariga ular xizmatptvazifalarini ado etishi chog‘ida OITS/OIV kasalligi yuqsa, bu — kasbiy kasalliklar toifasiga kiradi.

  • O‘zbekiston Respublikasiga kirish shartlari
  • 0‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari 0‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular o‘zlarida OITS/OIV kasalligi yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikatni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda taqdim etganlari taqdirda, 0‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun viza beradilar.
  • Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (OIV kasalligining) oldini olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor

4

shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999 yil 19 avgust,

816-I-son

1 dekabr OITS (SPID) kasalliga qarshi kurash kuni

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar hozir o'ta jiddiy ijtimoiy va psixologik muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Bunday kasalliklar o'z ijtimoiy mohiyatiga ko'ra muayyan bir mamlakatda keng tarqalgach, shu mamlakat aholisi sog'ligiga yetkazadigan zarari, ularning asoratlarini yo'qotishga ketadigan kuch va mablag'lar, jamiyatga yetadigan ma'naviy zararlar va uning eng ashaddiy oqibatlaridan biri yangi avlodni dunyoga keltiradigan jarayonlarga salbiy ta'siri bilan o'lchanadi.

Hozir «venerologiya» fanida («venera» — sevgi toji demaklir) 20 dan ortiq shu guruhga kiruvchi turli kasalliklar ma'lum va ular asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi. Shu turkum kasalliklariga venerologiyada zaxm (sifilis), so'zak (gonoreya), trixamoniaz, yumshoq shanker, venerik

linfagranulomatoz, xlamidioz, gikopiazmoz, gardnerrellioz, genital uchuk (gerpes), o'tkir uchli kondilomalar, kandidozlar, gepatit V, qo'tir, bitliqilik,

giardiaz amerdiaz, amebiaz, yuqumli (kantagioz) mollyusk, sitomegaliya

0

va OITS (odamda immun tanqislik sindromi SPID) kiritiladi.

Jahon sog'liqni saqlash jamiyatining ma'lumotiga ko'ra zaxm, so'zak, trixamoniaz, xlamidioz dunyoda eng ko'p tarqalgan tanosil kasalliklari hisoblanib, epidemik jihatdan faqat gripp va bezgakdan so'nggi o'rinda turadi.

Shu jamiyatning xabariga ko'ra har yili dunyo bo'yicha 200 mln. so'zak, 250 mln. trixaminoz, 200—250 mln. xlamidioz, 100 mln.

4

mikoplazmoz va 50 mln. zaxm kasalliklari qayd etiladi.

XX asr «vabo»si deb yuritiladigan jinsiy yo'l bilan yuquvchi kasalliklardan biri OITS katta ijtimoiy muammo tug'diradi. Bu kasallik 1995 yilgacha yiliga bittadan qayd etilgan bo'lsa, 1996 yilda 3 ta, 1997 yilda esa 8 ta topildi. Hozirda qo'shni MDH davlatlari tajribasi shuni ko'rsatib turibdiki, agar zaxm ko'rsatkichi 100 ming aholi soniga nisbatan 150 dan oshsa, u holla OITSning ko'payish ehtimoii oshadi. Bu ho! o'ziga xos indikatorlik vazifasini bajaradi.

Yuqorida qayd etganimizdek, kasallikning har bir o'sishning o'ziga xos sabablari bo'ladi. Bu o'sish uchun eng asosiy sabablardan biri migratsion jarayon-dir. Shu bilan birga kasallikning o'sishida yangi omillar paydo bo'ldi. Bular mayda, o'rta biznes bilan shug'ullanuvchilar, olib sotarlar va ularning xotinlari hisoblanadi. Ya'ni bu holda o'ynash tutadigan va fohishalik bilan shug'ullanuvchi uy bekalari rolini alohida ta'kidlash kerak. Masalan, Toshkent shaxri bo'yicha 1998 yilda, (har 100 ming aholiga) 15—17 yoshli bemorlarning 44 tasi zaxm bilan kasallangan. Ularning 37 tasi qizlardir 18—20 yoshli kasallarning 68 foizini ayollar tashkil qiladi, 21—50 yoshlilarning esa 53 foizi ayollardir.

Kasalliklarning aniqlanishi, asosan hozir kech amalga oshirilmoqda. Bu esa o'z vaqtida aholi o'rtasida tushuntirish ishlarining

sust olib borilayotganligidan dalolat beradi. Masalan, .(1998 yilda) zaxmning 67,4 foyizi kech aniqlangan.

Yuqoridagi fikrlarni tasdiqdovchi misollardan yana shuni ta'kidlash joizki, avvallari kasalliklar asosan shaharliklar orasida ko'proq uchragan bo'lsa, hozir qishloq aholisi o'rtasida ham ko'paygan. 1998 yilda zaxm bilan kasallanganlarning 34 foyizi qishloq aholisiga to'g'ri keladi. Aholining shu qatlamida so'zak 30 foizni tashkil etgan, lekin bular orasida ayollarning kasallanishi erkaklarga nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Hozir jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarning tarqalishi avj olib turgan bir vaqtda har bir inson o'zining qadamini o'ylab bossa, o'rinli bo'ladi. Shundagina bu kasalliklar tarqalishining oldi olinadi.



'