Maktab kutubxonasi

Sariosiyo  tumanidagi  62-umumiy  o’rta  ta’lim  maktab  kutubxonasi  haqida  ma’lumot

Maktab  kutubxonasida  jami  kutubxona  fondi 4567 ta. Shundan  badiiy  adabiyotlar  725 ta,    siyosiy  adabiyotlar  95 ta,  prezident  asarlari  80 ta,  metodik  qo’llanmalar  45 ta,   o’quv  darsliklar 3622 ta.

Maktab kutubxonasida  210 nafar  o’qituvchi  va o’quvchilar  a’zo. Kitobxonlar har kuni badiiy adabiyotlar,  she’riy  to’plam,  metodik  qo’llanmalar,  siyosiy  adabiyotlar,  gazeta  va  jurnallar  olib  o’qishadi.  Barcha  sinf  o’quvchilari  ijara  tizimiga  kiradigan   o’quv  darsliklar  bilan ta’minlanishdi.  Kam  ta’minlangan  o’quvchilarga  ham  bepul o’quv  darsliklar  berildi.

Ijara  tizimiga kiradigan  o’quv  darsliklarning  narxi

 

T/r Sinfi Narxi Necha nom
1 2-sinf 8900 10 nom
2 3-sinf 10200 11 nom
3 4-sinf 10800 8  nom
4 5-sinf 8200 11 nom
5 6-sinf 8000 14 nom
6 7-sinf 9300 14 nom
7 8-sinf 10900 17 nom
8 9-sinf 11400 17 nom

 

Maktab  kutubxonasi  faoliyati  ko’rik-tanlovlarlarda,  tadbirlarda  faol  ham ishtirok  etib  kelishmoqda.

Xalq  ta’limi  tizimidagi   umumta’lim  maktablarida  uch  bosqichli  ,,Kitobxonlar  bayrami”  o’tkazilib  kelinmoqda.  ,,Kitobxonlar  bayrami” tadbirlari   har  yili  quyidagi  muddatlarda  o’tkaziladi:

 

T/r Tadbirlar nomi Tadbirlarni  o’tkazish  muddatlari
Maktab  bosqichi Tuman  bosqichi Hududiy bosqich Respublika  bosqichi
1 ,,Adabiyot kunlari’’ Fevral  oyining birinchi  yarmida
2 ,,Kitobim-oftobim” Mart oyida
3 ,,Kitob taqdimoti” Sentyabr dekabr oylari davomida
4 ,,Bir farzandga uch kitob aksiyasi” 10 martdan 10 aprelgacha
5 ,,Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” hayriya tadbirlari 10-apreldan 10 martga qadar
6 ,,Eng  yaxshi kitobxon o’quvchi” tanlovi 15 fevraldan  20 martgacha 20 aprelga qadar 20 mayga qadar
7 ,,Kitobxon maktab” tanlovi Aprel  oyining  ikkinchi yarmida 25 mayga  qadar 1 iyulga  qadar

 

Tadbirlar  maktab bosqichi  tuman  bosqichlari o’tkazilib  kelinmoqda. ,,Eng  yaxshi  kitobxon  o’quvchi”  tanlovida  9-sinf  o’quvchisi  Musulmonov  Mehrojiddin  ham  tuman  bosqichida  faol  ishtirok  etib  faxrli  2-o’rinnni  egallab  diplom  bilan taqdirlandi. O’zim  ham  Viloyat  bosqichida  o’tkazilgan  ,,Eng  yaxshi  kutubxonachi”  ko’rik  tanlovida  faxrli  2-o’rinni  egallab diplom  bilan  taqdirlandim.

Kutubxona-1



'