Biz Haqimizda Qisqacha

O’zbekiston  Respublika  xalq  ta’limi   vazirligi Surxondaryo viloyat  Xalq  ta’limi  boshqarmasi  tuman  xalq  ta’limi  muassasalar  faoliyatini  metodik  ta’minlash  va  tashkil  etish  bo’limiga  qarashli  62-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabi 1992-yil sobiq  72-umumiy  o’rta  ta’lim  maktabidan  ajralib  chiqqan.  Maktab  ikkita  binodan  iborat bo’lib,  200 o’ringa  mo’ljallangan.  Hozirgi  kunda  2  navbatda 223 nafar  o’quvchi  12 ta sinfda  ta’lim-tarbiya  olmoqda.

Maktab  8 ta  o’quv  xonasi  6 ta  ma’muriy  xonadan iborat  bo’lib,  Xalq  ta’limi  vazirligi  tavsiyasi  asosiga  ko’ra  to’liq  jihozlangan.

Maktabimiz  tuman  maktablari  ichida  reyting  o’rniga  ko’ra  2015-2016 o’quv  yilida  2- o’rinni  qo’lga  kiritdi.



'