0‘rgan-o‘rgat

“0‘rgan-o‘rgat” tadbirlar majmuasini amalga oshirrish bo‘yicha

TAVSIYALAR

Bugungi kunda xallc ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi boskichga ko‘tarish, ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pok, shaxsiy va kasbiy fazilatlarga boy, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, faol yoshlami shakllantirish, o‘kituvchilaming bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularga amaliy metodik yordam berish, xususan, yosh o‘kituvchilaming tanlagan kasbiga nisbatan ishtiyoqini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdir.  Bu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun o‘zaro tajriba almashish usulidan foydalangan holda “0‘rgan-o‘rgat” nomi bilan atalgan, turli yo‘nalishlami o‘zida mujassasamlashtirgan tadbirlar majmuasini amaliyotga tatbiq etishni tavsiya etamiz. Ushbu ”0‘rgan-o‘rgat” tadbirlari maktablar o‘rtasida, tumanlar o‘rtasida, o‘qituvchilar o‘rtasida, direktorlar o‘rtasida, direktor o‘rinbosarlari o‘rtasida, o‘quvchilar o‘rtasida biri-birining tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, o‘zaro do‘stona raqobatbardoshlik muhitida ish jarayonini tashkil etish maqsadida joriy etiladi.

0‘rgan-o‘rgat tadbirida ish tajribalami o‘rganish va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish, kadrlarni mavsumiy, bir-ikki kunlik shaldda almashinib ishlash, bir-birlari bilan faoliyatga (muammollami aniqlash va echimini topish, ba’zilariga o‘rgatish maqsadida) oid debat o‘tkazish shakllaridan foydalanish mumkin.

0‘rgan-o‘rgat tuman(shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish boiimlari o‘rtasida

Tuman(shahar)lardagi Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining bir-birlari bilan tajriba almashinishini  tashkil etishdan asosiy maqsad faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘limlarning ishini  yaxshilash, samaradorliklca erishish va bu orqali ta’lim muassasasalarining faoliyati sifatini oshirish.

Tashkil etish tartibi:

Tuman(shahar)lardagi Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarining bir-birlari bilan tajriba almashinishini tashkil etish uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tuman (shahar)lar faoliyatidan kelib chiqqan holda ulami bir-biriga buyruq bilan yarim o‘quv yilga biriktiradi, yarim yildan so‘ngra yana tumanlami almashtirib qayta buyruq chikaradi. Buyruqda ulami bir -birlardan o‘rganishi lozim boTgan tomonlari

4

aniq ko‘rsatilishi lozim. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ulaming faoliyati nazorat qilib turiladi va natijalari tahlil qilinadi.

Tuman faoliyati har tomonlama o‘rganib-o‘rgatish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

  1. Kadrlar bilan ta’minlanishi, salohiyati va ularning ish taqsimoti.
  2. Faoliyatining rejalashtirilishi va uning bajarilishi, monitoringining olib borilishi.
  3. Ta’lim muassasalari va pedagoglar bilan ishlash shakllari va ularga ko‘rsatilgan amaliy, metodik yordam.
  4. Ta’lim muassasasalari faoliyatini o‘rganish va ularning reytingini belgalash.
  5. Kengash yig‘ilishlarini rejalashtirish, o‘tkazish uning samaradorligi va natijaviyligi.
  6. Hujjatlar bilan ishlash.

0‘rgan-o‘rgat umumiy o‘rta ta’lim maktablar va ularning ,  direktorlari o‘rtasida

Maktabning asosiy maqsadi Davlat ta’lim standartlariga muvofiq

o‘quvchilami o‘qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini

ro‘yobga chiqarish hisoblanadi. SHu maqsaddan kelib chiqqan holda, barcha

2

maktablarda ham faoliyat tashkil etiladi, vazifalar ustida ishlanadi, lekin natija turlicha, bu esa ushbu maktabdagi rahbarning qobiliyatiga, tajribasiga va eng asosiysi jamaoda sog‘lom muhitni yarata «olishiga bog‘liq. SHuningdek, pedagogik kadrlaming to‘g‘ri tanlanishi, ularning salohiyati, ijodkorligi, o‘z ustida doimiy ravishda izlanishi, yangiliklarga talpinishi va o‘rganib o‘z shogirdlariga o‘rgatishiga bog‘liqdir. Umumiy o‘rta ta’lim maktabining har birida ma’lum ma’noda o‘ziga xos tajriba, an’analar bor. Ushbu tajribani boshqa maktablar bilan almashishni yo‘lga qo‘yish, maktablar faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Tashkil etish tartibi. Tuman ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tomonidan, tumandagi maktab direktorlarining yig‘ilishida ularning hohishlariga ko‘ra, maktablarni bir-biriga biriktirib, ro‘yxati shakllantiriladi. Hohish bildirgan maktablar o‘rtasida hamkorlikda “0‘rgan -o‘rgat” ish rejasi tuziladi.

Reja tuzishda quyidagi bandlar kiritiladi:

-umumiy o‘rta ta’lim maktab faoliyati;

-maktab rahbariyatining faoliyati.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyatini rejalashtirishda quyidagilarni inobatga olish lozim:

-maktabning tevarak-atrofmi, tozalik, ozodalik sanitariya holati, ta’mirlash va uning saqlanish ahvoli;

-maktabdagi mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari, sport anjomlarining saqlanishi va ulardan samalari foydalanish ahvoli;

-maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy talablariga mos kelishi; -maktabda dars jarayonida o‘qitishning yangi usullari, yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etilganligi;

-maktabda kadrlar salohiyati, o‘quvchilar ehtiyojining toMiq qondirishilishi;

-fanlar bo‘yicha metod birlashmalar faoliyati, o‘qituvchilarga metodik yordamning o‘z vaqtida va kerakli darajada berilishi;

-maktab rahbarlarining dars berishi va dars tahlillarining talab darajasida amalga oshirilishi;

-dars jadvalining talab darajasida tuzilganligi;

-o‘quv rejalari, o‘quv dasturlarining amaliyotda to‘g‘ri qoilanilishi; -fanlarning chuqurlashtirib o‘qitilishi va me’riy hujjatlarga mos ravishda tashkil etilganligi;   s

-maktabda IKT o‘qitilishi, о‘qituvchi laming kompyuter savodxonligi darajasi

-sinf rahbarlarining ish rejalari va uning o‘z vaqtida bajarilishi; ota onalar va mahalla bilan ishlashi;

bitiruvchilami ta’limning keyingi bosqichiga jalb etilishi, psixologlar faoliyati;

kutubxona faoliyati;

o"quvchilar bo‘sh vaqtlarining to‘g‘ri tashkil etilganligi;

Kamolot, YOIH, Kamalak boshlang‘ich tashkiloti faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi,

maktabda tibbiy xizmatning tashkil etilish ahvoli kabi yo‘nalishlar;

Reja asosida bir-birlarining faoliyati mas’ul shaxslar (metodbirlashma raislari, kutubxonachi, psixolog, bolalar va o‘smirlar etakchilari, direktor o‘rinbosarlari, maktab rahbariyati) tomonidan o‘rganiladi. 0‘rganish jarayonida uchragan kamchiliklar yuzasidan maslahatlar beriladi va lozim deb topgan tajribalarini o‘z ish faoliyatida foydalanilishini belgilab oladilar.

Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari;

Boshqarishning huqukiy usullari;

Boshqarishning bevosita ko‘rsatma berish usullari;

Boshqarishda rag‘batlantirishdan foydalanish usullari;

Kadrlami ma’naviy jihatdan rivojlantirish usullari;

Boshqarishda kuzatish usuli;                                         *

Boshqarishda suhbat usuli;

Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli;

Rahbariyat faoiyatini rejalashtirish;

Maktab rahbariyatining xodimlar bilan muloqot madaniyati;

Maktabda tashkil qilingan ijodiy muhit;

Maktab raxbariyati o‘z faoliyatini rejalashtirishi va uning amalga

oshirishi;                                                       ч

Maktab ichki nazoratining yuritilish ahvoli;

Maktab rahbariyatining o‘kuvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar bilan olib

borgan ishlari.

Har bir maktab direktori, lozim deb topilgan o‘rinbosarlari bilan birgalikda ikldnchi maktabda

1 kunlik (1 haftalik) rahbariyat vazifasini bajaradi.

Har bir maktab rahbari o‘z faoliyatini sarhisob qilishi va boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlami, izlanish va yutuqlarni ko‘rib, ijodiy tahlil qilishi, qiyoslashi, umumlashtirib xulosalar chiqarish asosida o‘rganganlarini amaliy faoliyatda tizimli qo‘llash, tegishli maqsadlarda takomillashtirib foydalanishlari uchun amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzib olishi zarur.

“0‘rgan -o‘rgat” - o‘quvcfailar o‘rtasida

Umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim- tarbiya jarayonini to‘g‘ri va ilmiy asosda tashkil etish uchun o‘quvchining o‘ziga xos psixologik holatini o‘rganishi muhim sanaladi, Zotan, har bir o‘quvchi o‘ziga xos fe’l-atvorga ega. SHu bois, ta’lim-tarbiya jarayonida ularga individual munosabatda bo‘lish, shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish oqilona va samarali usuldir. 0‘quvchini o‘rganishda uning birinchidan yaxshi jihatlari, ijobiy tomonlarini e’tirof etish yaxshi samara beradi. Demak, o‘quvchi va

o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatning shakllanishi ta’lim sifatini lcafolatlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, DTS talablarini o‘zlashtirishida qiynalayotgan o‘kuvchilarga ko‘maklashuvchi «Faol o‘quvchilar» maktabining tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Maktab iqtidorli o‘quvchini boshqa bir iqtidorli bilan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi o‘rta o‘quvchini xuddi shunday o‘quvchi bilan yoki a’lo va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchidan juftlik hosil qilish orqali fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish sifatini oshirish, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni yuqori darajaga ko‘tarish, o‘quvchilar o‘rtasida dolstona muhitm shakllantirish, bir-biriga yordam berish hislarini tarbiyalash hamda iqtidorli, ilg‘or va ijodkor o‘quvchilarni aniqlab, ularga yordamga muhtojlik sezadigan o‘quvchilarni biriktirish yo‘li orqali ularni o‘qishga qiziqishlarini oshirish, ilg‘or o‘quvchilar safiga qo‘shilishiga ishtiyoq uyg‘otish, o‘zlashtirishi past boigan o‘quvchilar bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchining faolligini oshirish maqsadida tashkil etiladi.

“0‘rgan-o‘rgat”- o‘qituvchilar o‘rtasida

“0‘rgan-o‘rgat”- o‘kituvchilar o‘rtasida ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: l.Ustoz-shogird maktabi tashkil etish orqali. 2.Ilg‘or tajriba maktabining tashkil etish orqali.

  1. Ustoz-shogird maktabi

Hududlardagi ta’lim muassasalarida «Ustoz-shogird» maktabini tashkil etish uchun tuman (shahar) Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga ta’lim muassasalari tavsiya etilgan nomzodlar orasidan quyidagi talablarga muvofiq Ustozlar tanlab olinib, ustoz ishlaydigan maktabda «Ustoz-shogird» maktabi tashkil etilishiga oid buyruq © qabul qilinadi.

oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan;

o‘z fani yo‘nalishida ilg‘or tajribaga ega, ijodkor, tashabbuskor, yangilikka

t>

intiluvchan va muntazam ravishda kasbiy bilimlarini oshirib borgan;

faoliyati to‘g‘risida ta’lim muassasasi rahbarlari, kasbdoshlari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ijobiy baho berilgan;

ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan, Respublika va mahalliy matbuotda e’lon qilingan maqola yoki ilmiy, ilmiy-metodik, to‘plamlarda chop etilgan ma’ruzalar muallifi;

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi pedagogi”, yoki “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovi (respublika, viloyat, tuman) sovrindori;

o‘zi faoliyat olib borayotgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3-5 yil davomida o‘quvchilarining o‘zlashtirish sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi va boshqa ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

Tanlangan Ustoz o‘z ish joyidagi xizmat vazifalarini to‘liq bajarishi va shu bilan birga, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan shug‘ullanishi uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda bir Ustozga ko‘pi bilan uch nafardan bir nafargacha shogird biriktiriladi. (mehnat ta’limi, tasviriy san’at, musiqa, chizmachilik fan o‘qituvchilar uchun bir nafar shogird bo‘lishi mumkin).

SHogirdlar Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasidan, yoki ushbu maktabga yaqin hududdagi maktablardan, tegishli fan metodika birlashmalarining tavsiyasiga binoan tanlanib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining buyrug‘i bilan Ustozga biriktiriladi. SHogirdlarni tanlashda ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi quyidagicha bo‘lishi ko‘zda tutiladi:

birinchi shogird tajribali, kasbiy mahorati yuqori (ustozlik darajasiga yaqin) bo‘lgan pedagog; ikkinchi shogird-tajribali, kasbiy mahorati bo‘yicha malakasini oshirishga o‘zida extiyoj sezgan pedagog; uchinchi shogird - yosh mutaxassis.

Tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi shogirdlarni Ustozga biriktirish to‘g‘risidagi buyrug‘ida quyidagilar aks ettiriladi:

-belgilangan Ustoz va shogirdlaming ish joyi, lavozimi;

-uzluksiz malaka oshirishning o‘quv-metodik, o‘quv-moddiy, moddiy- texnika va moliyaviy ta’minoti masalalari;

-ustoz mehnatini rag‘batlantirish tartibi va manbalari;

-uzluksiz malaka oshirish jarayoni monitoringi va nazorati tartibi, shuningdek, shogirdlaming “Ustoz-shogird” maktabi bo‘yicha o‘quv yiliga mo‘ljallangan jarayoni jadvali tasdiqlanadi.

Buyruq nusxasi belgilangan Ustozning va shogirdlaming ish joyiga etkaziladi.

«Ustoz-shogird» maktabidagi mashg‘ulotlar tegishli fan o‘qituvchilarining metodik kunlarida ilmiy, metodik va amaliy bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv, seminar, trening, bahs-munozaralar o‘tkazish hamda amaliy ko‘nilana va malakalarni mustahkamlab borish bo‘yicha o‘zaro darslar kuzatish, tahlil qilish va tegishli konsultatsiyalar shaklida olib boriladi.

0‘zaro darslar kuzatish va tahlil qilishni tegishli fan o‘qituvchilarining metodik kunlarida, har oyning birinchi haftasida Ustoz ishlaydigan ta’lim muassasasida uning darsini, keyingi haftalarda navbati bilan shogirdlar ishlaydigan ta’lim muassasalariga borib, ularning darsini kuzatish va tahlil qilish shaklida olib boriladi. Buning uchun tegishli ta’lim muassasalari ma’muriyati tomonidan metodik kunlarda” Ustoz va shogird” darslarini o‘tkazish uchun dars jadvali muvofiqlashtirib beriladi.

«Ustoz-shogird» maktabi faoliyati samaradorligiga bevosita tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi qoshidagi ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhining metodistlari mas’ul hisoblanadi. Ular ustoz va shogird o‘qituvchilarning nomzodini ta’lim muassasadagi fan metod birlashmasi bilan kelishgan holda belgilaydi, hamkorlik rejasini ishlab chiqadi va ijrosini nazoratga oladi, fanlar kesimida amaliy-uslubiy yordamlar, vaqti-vaqti bilan  davra suhbatlari, seminarlar o‘tkazib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralarani ko‘radi.

Har chorak yakunida ustoz va shogirdlar hamkorligi natijasi bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazadi, o‘zaro dars kuzatuvlari xulosalarini tinglaydi, hamkorlikda tayyorlangan hujjatlar yig‘majildlari asosida umumiy faoliyat monitoringini olib boradi. Unda: Ustoz va shogirdning dars tahlillari, o‘quvchilarni har chorak davomida o‘zlashtirish sifat ko‘rsatgichlari, choraklar kesimida o‘zlashtirish sifat ko‘rsatgichlarni qiyoslash, ilg‘or tajribalarni o‘rganishi va amalga tatbiq qilishi, innovatsiyalar (ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanishi, ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishi, faoliyatning reyting ko‘rsatgichlari e’tiborga olinadi.

Monitoring natijalari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan shogirdga Ustoz va u ishlaydigan ta’lim muassasasi tegishli Fan metodika birlashmasining tavsiyasiga binoan ustozlar ro‘yxatiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limj qoshidagi ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash kichik guruhi kengashiga muhokama qilish uchun taqdim etiladi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.  Ustoz va shogirdlar ishlayotgan ta ’lim muassasasi rahbariyati:

Ustozning ta’lim muassasasida shogirdlar bilan mashg‘ulot olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, dars jadvalini fanlar kesimida metod kunlarga qo‘yilishini ta’minlaydi.

SHogirdlarning tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratadi.

Ustoz va shogirdlarni o‘matilgan tartibda direktor jamg‘armasi hamda byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Metodika kengashida “Ustoz-shogird” maktabi bo‘yicha hisobotlarini eshitadi va xulosalar tayyorlaydi.

Natijalar shogird o‘qituvchi ishlaydigan ta’lim muassasasidagi tegishli fan metodika birlashmasi hamda Ustoz tomonidan olib borilgan kuzatuvlar va metodika birlashmasining xulosasi asosida chiqariladi.

“Ustoz-shogird” maktabi faoliyati bo‘yicha Tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga taklif va xulosalami taqdim etadi.

Ustoz о ‘qituvchi:

shogirdlaming individual rejasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalami o‘zlashtirib borishlarini, individual rejada belgilangan tadbirlaming o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;

shogirdlari faoliyatiga va o‘z ustida ishlash rejalarini bajarilishi monitoringini olib boradi;

shogirdlarining darslarini kuzatadi, tahlil qiladi, amaliy-metodik tavsiyalar berib boradi;

zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari va jihozlaridan samarali foydalanish, ilg‘or ish tajribalami, axborot-kommunikatsiya va multimediya vositalarini hamda elektron darsliklarni #amaliyotga tatbiq qilishga ko‘maklashib boradi.

SHogirdlar:

individual rejada belgilangan tadbirlami bevosita o‘z vaqtida amalga oshiradi;

ustozlarning va hamkasb shogirdlarining darslarini kuzatadi, ustozdan maslahatlar oladi va dars jarayonida sifat-samaraga erishish uchun o‘z ustida ishlash rejasi asosida bilimini oshirib boradi;

ustozning darslarini kuzatishi tajribasini o‘rganadi;

ijodiy, metodik yoki ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi

  1. Ilg‘or tajriba maktabining tashkil etish orqali

Ustoz-shogird maktabiga a’zo boimagan o‘qituvchilar uchun ilg‘or tajriba maktabi tashkil etiladi. Maktabga ilg‘or tashkilotchi o‘qituvchilardan rahbar belgilanadi. Ilg‘or tajriba maktabi bo‘yicha bir oyda iklci marta mashg‘ulotlar tashkil etadi. Maktabning ishi uning tashkil etilishiga qarab rejalashtiriladi. Rejada berilgan mavzular ushbu maktabdagi yoki qo‘shni maktabda ilg‘or tajribali o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Ilg‘or tajriba maktabiga asosan, dars o‘tishning noan’naviy usullaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan, innovatsion va interfaol usullardan unumli va samarali foydalangan o‘qituvchilar orasidan tanlab olinadi.

Ilg‘or tajriba maktabida faoliyat ko‘rsatadigan har bir o‘qituvchi o‘z ish tajribasini boshqa o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. Masalan, maktabning o‘qituvchilari quyidagi usullar orqali bir-birlari bilan tajriba almashishlari mumkin.

-dars o‘tishning innovatsion usullaridan keng foydalanish;

-dars o‘tishda axbarot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish; -darslarda o‘quvchilar faolligini oshirish,

-kichik guruhlarda ishlash;

-bo‘shliqlar ustida ishlash;

-o‘quvchilaming ijodiy faoliyatini o‘stirish;

-dars o‘tishda didaktik materiallardan foydalanish;

-“Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi”dan foydalanish;

-“Didaktik o‘yin texnologiyasi”dan foydalanish;

- “Modulli ta’lim texnologiyasi” orqali va h.k.

Ilg‘or tajriba maktabida olib boriladigan mashg‘ulotlami har bir o‘qituvchi maktab ish rejasida belgilangan mavzular asosida o‘z ish tajribasidan kelib chiqib olib boradi. Maktabda olib borilgan har bir mashg‘ulotdan har bir o‘qituvchi ma’lum bir tajriba va yangilik o‘rganishga muvaffaq boiadi. Hududlarda ilg‘or tajriba maktablarining tashkil etilishi orqali yosh va tajribasi kam o‘qituvchilarga uslubiy yordam beriladi. SHuningdek, dars o‘tish sifati oshirilib, o‘quvchilarning bilim-samaradorligini oshirishga erishiladi.

Eng muhimi:

“0‘rgan-0‘rgat” tadbirlar majmuasini amalga oshirishda hisobotbozlikka yo‘l qo‘yilmaydi, amalga oshirilgan ishlar hisoboti yozilmaydi va olinmaydi, ushbu vazifalarga ixtiyoriy, sidqidildan va vijdonan yondashish tavsiya etiladi;

“0‘rgan-0‘rgat” tadbirlar majmuasi tavsiya hisoblanib, majburiy ko‘rinishga ega emas, joylarda bundanda yaxshiroq tajribalar aniqlansa, ulardan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etish mumkin;

“0‘rgan-0‘rgat” tadbirlar majmuasi ko‘p sonli pedagoglar tajribasi asosida muntazam boyib boraveradi.



'